
Parametrlar
Ilova to'rt savol beradi: duxovka qayerda turadi, so'rg'ich qanday, muzlatgich alohidami va oshxona qaysi shaklda.
Oshxonani 3D da yig'ing, materiallarni tanlang va darhol smeta hamda ishlab chiqarish uchun fayllarni oling.


Yetti bosqich. Har birida narx yangilanib turadi, oxirida esa ishlab chiqarish uchun tayyor fayl chiqadi.
Yon tomonga suring

To'rtburchak xona bilan cheklanmaysiz. Burchakli devor, chiqib turgan ustun, notekis o'lcham: hammasini barmoq bilan chizasiz. Deraza, eshik, rozetka, suv nuqtasi va radiatorni ham joyiga qo'yasiz.
Shkaf, texnika va mebelni sudrab qo'yasiz. Yuqoridagi narx har harakatda yangilanadi, shuning uchun mijozga javobni shu yerda berasiz.
Katalogdan tayyorini tanlash shart emas. Shkaf ichiga chiziq tortasiz, u bo'laklarga bo'linadi va har bo'lakning aniq o'lchami chiqadi. Qaysi bo'lakka eshik, qaysisiga tortma qo'yishni o'zingiz aytasiz.


O'zingizga qulay shkafni bir marta yasab, saqlab qo'yasiz. Keyingi loyihalarda uni bir bosishda, to'liq sozlangan holida chiqarasiz.

Ekssentrik, shkant, petlya va tokcha ushlagichlarni ilova o'zi sanaydi.
Interfeys o'zbek va rus tilida. Valyuta so'm yoki dollar, kursni o'zingiz kiritasiz.
Telefon almashsa ham loyihangiz joyida. Boshqa qurilmadan kirib davom etasiz.
Fasad, yuqoridan ko'rinish, ish stoli va sverlovka. Sexga bosib chiqarasiz.
Smeta o'zi hisoblanadi: korpus, fasad, ish stoli, furnitura, stanok ishlovi va yetkazish alohida chiqadi. So'ngra loyihani ishlab chiqarishga topshirasiz.
Eksportdan oldin ilova ulanishlarni tekshiradi. Xato bo'lsa, faylni stanokka yubormaydi.


Ilova beta bosqichida. Undan ham kuchliroq yangi versiya ustida ishlayapmiz va sizning fikringiz uni shakllantiradi.